Salonida 3 kishi bo‘lgan Cobalt “Qamchiq” dovonida ag‘darilib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 oktabr kuni “Qamchiq” dovonida Cobalt avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat dovonning 194-kilometrida yuz bergan. Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil katta tezlik sabab boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi handaqqa ag‘darilib ketgan. Avtomobil salonida esa haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv guruhi, Tez tibbiy yordam shifokorlari, Yo‘l patrul xizmati xodimlari yetib borgan. 

Mazkur holatda avtomashinadan haydovchi va ikki nafar yo‘lovchisi chiqarib olingan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim jarohat olmagan. Shunday bo‘lsa-da, ularga shifokorlar va qutqaruvchilar amaliy va psixologik yordam ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Nexia 3 bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketgandi. Bundan tashqari, 12 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” ag‘darilib ketgan. Bunday holat joriy yilning 10 avgust kuni Toshkentning Chilonzor tumanida boshqa bir “Gazel” bilan ham sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing