Salomga yarasha alik! Rossiya YeIga qarshi sanksiyalarini yangiladi

Olam

image

Rossiya Yevropa Ittifoqining 13-sanksiya paketiga javoban mamlakatga kirishi taqiqlangan fuqarolarning qora ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning javob sanksiyasi tarkibiga Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan jamiyat vakillari, shuningdek, rossiyalik amaldorlarni ta’qib qilishda ishtirok etgan va Rossiya davlat mulkini musodara qilishni targ‘ib qilgan shaxslar kiritilgan.

“Gap Yevropa Ittifoqi mamlakatlari huquq-tartibot idoralari va tijorat tashkilotlari vakillari, Kiyevdagi "neonatsist"lar tuzumiga harbiy yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar fuqarolari, Rossiya rasmiylarini "nohaq" jinoiy javobgarlikka tortishda ishtirok etgan Yevropa tuzilmalari mansabdorlari haqida bormoqda”, deya ta’kidlaydi Rossiya TIV.

Bundan tashqari, “stop ro‘yxati”ga Rossiyaga qarshi tizimli ravishda tajovuzkor bayonotlar berib kelayotgan Yevropa Kengashi ishtirokchilari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qonun chiqaruvchi assambleya hamda YeXHT a’zolari ham bor, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi cheklov orqali Rossiyaga bosim o‘tkazish bo‘yicha samarasiz urinayotgani va bunday harakatlar BMT Xavfsizlik Kengashining xalqaro huquqiy imtiyozlariga putur yetkazishini eslatgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini ma’qullagan, uning doirasida Xitoy, Shri-Lanka, Serbiya, Qozog‘iston, Tailand va Turkiya kabi davlatlardan bo‘lgan 106 jismoniy va 88 yuridik shaxsga nisbatan cheklov choralari kiritilgan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya EI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing