Salohda koronavirus aniqlandi
Sport
−
13 noyabr 2020
4161“Liverpul” klubi hujumichisi Muhammad Salohning koronavirusga topshirgan testi musbat natija berdi. Bu haqda Misr futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
““Liverpul” yulduzi Saloh koronavirusga chalindi. Unda hech qanday alomatlar yo‘q. Jamoaning boshqa a’zolari topshirgan test manfiy natija bergan. Muhamad yakkalandi, keyinroq qayta test topshiradi”, deyilgan xabarda.
Joriy mavsumda 28 yoshli misrlik futbolchi Angliya Premer-ligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.
Saloh 2017 yildan beri “Liverpul”da to‘p suryapti. Qizillar tarkibida u Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chemonati g‘olibi bo‘lgan. Bundan oldingi mavsumda Saloh jamoasi bilan Angliya chempioni bo‘ldi.
LiveBarchasi