Saloh “Liverpul” safida MYUni eng ko‘p “jazolagan” futbolchi bo‘ldi

Sport

image

17 mart Angliya kubogi chorak finalida “Liverpul” safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi kechgan dramatik o‘yinda mag‘lub bo‘ldi – 3:4. O‘yinda “mersisaydliklar”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, Saloh “Liverpul” safida qatorasiga beshinchi o‘yinda MYU darvozasini ishg‘ol qilgan birinchi futbolchiga aylandi. Futbol tarixida boshqa hech kim bunday natijaga erishmagan.

Mazkur o‘yindan so‘ng “mersisaydliklar”ning to‘qqiz o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. “Liverpul” oxirgi marta 4 fevral kuni rasmiy o‘yinda Angliya chempionatida “Arsenal”ga yutqazgandi – 1:3.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Saloh klub safida 22 o‘yinda maydonga tushib, 15 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Liverpul'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing