Saloh faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, misrlik futbolchining vakillari allaqachon uning xizmatlarini Kataloniya klubi rahbariyatiga taklif qilgan. Agar u Kataloniya klubiga o‘tsa, ispan grandi La Liganing moliyaviy talablarini qondira olishi uchun hujumchi maoshini sezilarli darajada kamaytirishi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, “Barselona” misrlik futbolchini sotib olishga qarshi emas, chunki uning tajribasi va sifatli futboli klubni kuchaytiradi, ammo kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklari tufayli futbolchi maoshi kamaytirilishiga rozi bo‘lsagina uning vakillari bilan jiddiy muzokaralar o‘tkazishi mumkin.

Saloh joriy mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Liverpul' Muhammad Saloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing