Salkam 200 o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga yuborildi
Jamiyat
−
26 dekabr 2020
8433Rossiyaning Blagoveensk viloyatidagi qurilish ob’ektlarida ishlash uchun 196 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonliklarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsat beruvchi patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanishi belgilangan.
O‘zbekiston fuqarolari 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’ektlarida ish boshlaydi.
Avvalroq, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga ishlash uchun ketishi soddalashtirilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi