Saqoqushni o‘ldirganlarga qonuniy chora ko‘riladi — Aziz Abduhakimov
Jamiyat
−
02 fevral 2023
8207Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Qizil kitobga kiritilgan saqoqush vahshiylarcha o‘ldirilganligi aks etgan video tarqalgandi. Tabiat resurslari vazirligi saqoqushni o‘ldirgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘radi. Bu haqda vazir Aziz Abduhakimov Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Tabiat va resurs vazirligining “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda holat Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joylashgan ko‘lda sodir bo‘lgani va fuqaro E.D. bir bosh saqoqush (pelikan)ni qarmoq yordamida ushlab, nobud qilgani aniqlangan.
Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida” gi qonunlari talablari buzilgan.
"Saqoqush (pelikan) O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tur bo‘lganligi sababli huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar tegishli prokuratura organlariga taqdim etilgan", deb yozadi vazir.
LiveBarchasi