Saidov Sadir Japarovga Mirziyoyevning salomini yetkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 31 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga yetkazishdan mamnunmiz”, degan Tashqi ishlar vaziri. 

Qayd etilishicha, uchrashuv kun tartibi keng qamrovli bo‘lgan hamda istisnosiz barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan. 

“Infratuzilmadan tortib, gumanitar yo‘nalishgacha bo‘lgan barcha sohalardagi qo‘shma loyihalarimiz nafaqat ikki davlat manfaatlariga, balki butun mintaqa va undan kengroq hududlar taraqqiyotiga ham xizmat qilmoqda”, degan Saidov.

Ma’lumot uchun, kecha, 30 iyul kuni Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan ham uchrashgandi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi, shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolangan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 17 iyul kuni Qobulda “Tolibon” tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy va ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Xalifa Sirojiddin Haqqoniy bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi. O‘sha kuni Qobulda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va ularning ishtirokida Afg‘oniston jamoat ishlari vazirligi, O‘zbekiston Transport vazirligi va Pokiston temiryo‘l vazirligi rahbarlari tomonidan O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston Transafg‘on temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi. Baxtiyor Saidov Qobulda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan ham uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Baxtiyor Saidov Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing