Saidov Xitoyda Aroqchi bilan uchrashdi

Olam

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 15 iyul kuni eronlik mavqedoshi Abbos Aroqchi bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

“Janob Aroqchi bilan uzoq asrlik umumiy tariximiz, madaniyatimiz va iqtisodiy hamkorlikka asoslangan ko‘p qirrali munosabatlarimizni yanada chuqurlashtirish borasida fikr almashdik”, deya yozgan Saidov. 

Qayd etilishicha, tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi ortib borayotganini ta’kidlagan, hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qilgan. 

“O‘zaro manfaatli sohalarda aloqalarimizni rivojlantirish bo‘yicha katta foydalanilmagan salohiyat mavjudligiga e’tibor qaratdik. Mintaqaviy tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda diplomatiyaning muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqladik”, deya qo‘shimcha qilgan O‘zbekiston TIV rahbari. 

Saidov va Aroqchining uchrashuvi Xitoyning Tyanjin shahrida SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Xitoy raisligida o‘tgan yig‘ilishda bo‘lajak davlat rahbarlari sammitida qabul qilinadigan SHHT–2035 Rivojlanish strategiyasi, Tyanjin deklaratsiyasi hamda savdo, transport va xavfsizlik sohalaridagi amaliy tashabbuslar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Saidov kecha, 15 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashib, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy ShHT Baxtiyor Saidov Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing