Saidov Szinpinga Mirziyoyevning salomini yetkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 15 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

Saidov Si Szinpinga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mazkur uchrushuv Xitoyning Tyanjin shahrida SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

“Uchrashuvimiz davomida hamkasblarim bilan birgalikda savdo, transport aloqalari va madaniy almashinuvlarni o‘z ichiga olgan barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qildik.

Biz SHHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash, umumiy farovonlikni ta’minlash, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklashish borasida birgalikda harakat qilishimizni yana bir bor ta’kidladik”, deydi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 17 iyun kuni “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammiti yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasini imzolagandi. Ostona deklaratsiyasidan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Xitoy Si Tszin'pin Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing