Saidov Islom hamkorlik tashkilotidagi mavqedoshlari bilan uchrashdi

Olam

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov 21-22 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida qatnashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

“Sessiya ikki tomonlama, mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish uchun samarali maydon bo‘ldi”, deya yozgan u.

Saidov o‘z navbatida, tadbirni yuksak darajada tashkil etgani va samimiy mehmondo‘stlik uchun Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanga chuqur minnatdorlik bildirgan.

Vazirning qayd etishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi islom dunyosidagi hamkorlar bilan o‘nlab samarali uchrashuvlar va mazmunli muloqotlar o‘tkazgan.

“Oldimizdagi dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashib, tinchlik, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashning amaliy yo‘llarini muhokama qildik”, deydi TIV rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashgandi hamda unga Prezident Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Saidov Islom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing