Saidov Abdulla II ning qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
03 fevral 3541 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 3 fevral kuni Iordaniya podshohi Abdulla II ning qabulida bo‘ldi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy tabrik va maktublarini Iordaniya Podshohi Abdulloh Ikkinchi ibn al-Husayn A’lo Hazratlariga yetkazish sharafiga muyassar bo‘ldik.O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida ko‘p yillik mustahkam do‘stlik rishtalari mavjud bo‘lib, barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdorimiz”, deb yozadi vazir.
Uning aytishicha, har ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari fidoyilik va o‘zaro ishonch bilan mamlakatlar farovonligi yo‘lida jadal va samarali hamkorlikni rivojlantirish sari tinimsiz mehnat qiladi.

Kecha, 2 fevral kuni esa Saidov Iordaniya Bosh vazir o‘rinbosari, Tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashdi. Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari ikkita muhim hujjatni imzoladi:
- Diplomatik pasport egalari uchun vizasiz kirish to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr