Kun fotosi: Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov jamoat bilan namoz o‘qidi
Jamiyat
−
20 aprel 2021
21267Mass-media fondi rahbarlari Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov Milliy TV telekanali bilan Ramazon oyi munosabati bilan “Ramazon diydor” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu loyiha doirasida xayriya iftorlari o‘tkaziladi.
“Ilk iftorni bugun 17B-sonli uy aholisi uchun o‘tkazdik.
Ushbu uyda yashovchilar bilan bizni umumiy xotiralar va emotsiyalar bog‘lagani sababli, bu kechani ular bilan o‘tkazishga qaror qildim. 2019 yilga qadar ushbu uy “O‘zbekiston” nashriyotiga tegishli bo‘lib, undagi kvartiralar o‘z xodimlari va ularning oilalari uchun ijaraga berilar edi.
2019 yilda esa biz AOKAda faoliyatimizni boshlagach, uyni ularning tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Natijada ularning ham qonuniy yashash joyi va kelajakka bo‘lgan ishonchi paydo bo‘ldi.
Samimiy muhitda ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Birga iftorlik qildik, duoda bo‘ldik va turli mavzularda suhbat qurdik”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
“2019 yilda AOKAga rahbarlikka tayinlanganimizda, Prezident tomonidan qo‘yilgan aholi turmush darajasini oshirish vazifasi doirasida 50 ta xonadoni yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan, uyga muhtoj xodimlarimiz nomiga bepul o‘tkazib bergan edik.
Bugun ularning uylarida bo‘ldik, samimiy, sodda va mehnatkash odamlarimizni ko‘rib, odam yanada xursand bo‘ldi”, deb yozgan Allamjonov.
Ma’lumot uchun, Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva so‘nggi chiqishlarida Islom dini argumentlaridan ko‘p foyalanmoqda.
Xususan, Saida Mirziyoyeva “Zakovat” kastingidagi nutqini Qur’on bilan boshlab, hadis bilan yakunlagandi.
Keyinchalik, Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 2013 yil Haj safaridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
LiveBarchasi