Saida Mirziyoyeva Komil Allamjonovga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
12 aprel 2019
22424Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga va Agentlik jamoasiga yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi – Agentlik direktori vazifasini bajaruvchi Komil Ismoilovich Allamjonov, direktorning birinchi o‘rinbosari Xodjimetov Avazbek Jabborkulovich, direktor o‘rinbosarlari etib Mirziyoyeva Saida Shavkatovna hamda G‘ayrat Nazarovich Bozorov tasdiqlandi.
Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasining chet ellarda ijobiy imijini shakllantirish – PR-markaz vazifasi ijrosi, shuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar uchun mas’ul bo‘ladi.
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Agentlik direktori o‘rinbosarlarining maqomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
LiveBarchasi