Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 31 avgust kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“O‘zbekiston Mustaqilligi kuni — so‘nggi yillar davomida tubdan yangilanib, dadil ilgarilayotgan mamlakatimizning ulug‘ ayyomidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida kelgusi o‘n yillikni “Milliy yuksalish davri” deb e’lon qildilar”, deydi u.

Saida Mirziyoyevaning bildirishicha, oldinda keng ko‘lamli milliy dasturlar ijrosi, katta vazifalar turibdi: bilim va ko‘nikmalarni amaliy kapitalga aylantirish, aholi salomatligi hamda uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish, suv resurslarini har tomonlama tejash va atrof- asrash, qonun ustuvorligini to‘liq kafolatlash, mahalla institutini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish shular jumlasidan.

“Bayraming muborak bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” deydi Saida Mirziyoyeva.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing