Saida Mirziyoyeva Prezidentning Beshta tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha strategiyani taqdim etdi
Jamiyat
−
20 iyun 2019
6577O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusi bo‘yicha dasturni amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida Dasturlarni boshqarish ofisi (DBO) tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dasturlarni boshqarish ofisining asosiy maqsadi Implementatsiya strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Strategiyaning birinchi versiyasi tayyor va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
“Ma’lumki, Prezidentimizning Beshta tashabbusi avvalo yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini ko‘zlab ilgari surilgan. Bu ish hamjihatlikda qilinsagina samarali bo‘lishiga ishonaman, zero, sa’y-harakatlarimizni birlashtirsak, yangi marralarga erishishimiz mumkin. Shuning uchun yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh yetakchilar va umuman faol, o‘z yurtining taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan fuqarolarni Beshta tashabbusni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga chaqiraman.
Strategiyaning ishchi versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: drive.google.com/open…
O‘z takliflaringizni shu yerda, izohlarda qoldirishingiz yoki quyidagi pochta manziliga yo‘llashingiz mumkin: 5initiativesuzbekistan@gmail.com”, deydi Saida Mirziyoyeva.
LiveBarchasi