Saida Mirziyoyeva Prezidentning besh tashabbusi bo‘yicha Bo‘kaga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva bugun, 20 aprel kuni Prezidentning 5 tashabbusi yuzasidan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga bordi. 

U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 ta tashabbusini Bo‘ka tumanida joriy qilish bo‘yicha respublika va tuman sektorlari ishchi guruhlari bilan birgalikda belgilangan ishlarni amalga oshirish jarayonida bevosita ishtirok etganini ma’lum qildi. 

“Tumandagi “Bo‘ston” madaniyat markazi atrofida va 28-son umumta’lim maktabi o‘rnida o‘z ichiga 5 ta tashabbusni mujassamlantirgan kishloq ma’naviy ma’rifiy markazlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdim.

Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar natijadorligi va guruh oldida turgan vazifalarni atroflicha muhokama qilib, aniq va istiqbolli strategik reja ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi. 

Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar ijrosining o‘zagi sifatida men maktablarni belgilagan bo‘lar edim. Fikrimcha, aynan maktablarni 5 ta tashabbus zamirida madaniyat, ma’rifat, sport va kompyuter texnologiyalari o‘chog‘i sifatida belgilab olsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, deydi Saida Mirziyoyeva. 

Agentlik direktori o‘rinbosari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan 5 ta tashabbusni amalga oshirishda taklif va mulohazalar berishlarini so‘radi. 

Ma’lumot o‘rnida, zbekiston rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 

Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. 

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 

To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. 

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

287

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing