Saida Mirziyoyeva Prezident topshirig‘i bilan Namanganga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov, Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Obid Abdurahmonov Namanganga borib, shifoxonalarga joylashtirilgan bolalar va ularning ota-onalari holidan xabar oldi. 

Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qilishicha, Prezident Administratsiyasi vakillari Namanganga davlat rahbarining topshirig‘i asosida yetib borgan. 

“Vaziyatni ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko‘pchiligi sog‘aygani uchun uyiga – oilasi bag‘riga qaytarilgan.

Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik”, deydi Prezident yordamchisi.

Prezident Administratsiyasi vakillari bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, ta’lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qilgan. 

“Hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Bugungi kunda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazildi”, deydi Mirziyoyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing