Saida Mirziyoyeva Moskva davlat universitetida dissertatsiya yoqladi
Jamiyat
−
25 iyun 2021
9633Bugun, 25 iyun kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqladi. Bu haqda fond Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.
“Bugun Saida Shavkatovna M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqladilar. Fond jamoasi nomidan sizni ushbu muhim voqea bilan tabriklagan holda, kelgusi ilmiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman”, deb yozadi Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Rossiyaning Moskva shahridagi Tretyakov galereyasida ochilgan rassom-suprematist, Malevichning shogirdi Ivan Kudryashov asarlari ko‘rgazmasida qatnashgandi.
Shuningdek, Mirziyoyeva Toshkent shahridagi pannolarni saqlab qolishga chaqirgandi.
LiveBarchasi