Saida Mirziyoyeva Londonda Trampning maxsus vakili bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda AQSH Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Londonda AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashganimdan juda mamnun bo‘ldim. Uning birja savdolarining ochilish marosimida yonimizda turib, qo‘llab-quvvatlagani biz uchun alohida ahamiyat kasb etdi”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirishicha, tomonlar muloqot davomida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollariga to‘xtalib, oldinga qo‘yiladigan qadamlar borasida aniq kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva London fond birjasida mamlakat aksiyalarining tarixda ilk bor xalqaro ommaviy savdoga chiqarilish marosimida ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari siyosatchilar va moliya tashkilotlari rahbarlari, xususan, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili lord Jon Olderdays, Franklin Templeton bosh ijrochi direktori Jenni Jonson va London fond birjasi bosh ijrochi direktori Juliya Enn Xoggett bilan uchrashdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

London Saida Mirziyoeva Serjio Gor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing