Saida Mirziyoyeva London fond birjasidagi tarixiy marosimda qatnashadi

Jamiyat

image

Bugun, 18 may kuni London fond birjasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) jarayoniga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur voqea O‘zbekiston kapital bozorini xalqaro moliya maydoniga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, mamlakat iqtisodiyoti tarixida yangi sahifa ochadi.

Kutilayotgan IPO O‘zbekistonning jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlari va shaffof tizimni joriy etishga kuchli turtki beradi. Bu jarayon, ayni paytda, xorijiy hamkorlarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarkibiy yangilanishlarga bo‘lgan yuqori ishonchini namoyon etadi va xalqaro investorlarga mamlakat iqtisodiyoti hamda mahalliy kompaniyalar salohiyati bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.

Rasmiy marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi Obid Hakimov va boshqa mas’ullar ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing