Saida Mirziyoyeva lag‘monni tuzsiz pishirgani haqida gapirib berdi
Jamiyat
−
07 fevral 2021
34223Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva lag‘mon taomi bilan bog‘liq bir voqea haqida hikoya qilib berdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida yozgan.
“Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish uncha qo‘limdan kelmas edi. Faqat bitta ovqat — cho‘zma lag‘monni pishirishni bilardim desa ham bo‘ladi. Bolaligimdan bu ovqatni juda yaxshi ko‘raman. Uni tayyorlashning qiyin tomoni – xamirni ingichka qilib cho‘zganda u uzilib ketmasligi kerak. Onam shunday o‘rgatganlar. Ancha harakat qilib, oxiri eplab ketganman.
Shunday qilib, yangi oilada, yangi kelin sifatida yaqinlarimga mahoratimni namoyish etishga qaror qildim. Uyalib qolmaslik uchun onamdan lag‘monning batafsil retseptini so‘rab oldim. Onam masalliqlarning aniq ro‘yxatini yozdirdilar. Faqat bitta narsa – tuzni aytish xayollariga kelmabdi.
Shunday qilib, ko‘rinishi ishtahaochar lag‘monim pishdi. Mazasi esa...tuzsiz tasavvur qilavering”, deb yozadi, Mirziyoyeva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “oila a’zolari o‘ta xushmuomala bo‘lganlari uchunmi, lag‘monni maqtab-maqtab besh daqiqada paqqos tushirishgan”. Tuzdon talash bo‘lgani esa...
Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyeva Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari hisoblanadi. Shuningdek, u – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning katta qizi.
LiveBarchasi