Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti raisi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
17:13 1051 1 daqiqa
Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida davlatlar rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlar muhokama qilingan. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.


“Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.
Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashgan edi.
Live
Barchasi