Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida qatnashdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘armaning 8-Assambleyasida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Samarqandda o‘z ishini boshlagan Global ekologik jamg‘armaning 8-Assambleyasi ishtirokchilariga Prezidentimizning tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdim, bu men uchun yuksak sharaf. Forum Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lgan masala – iqlim muammolarini muhokama qilish imkonini berdi. Shuningdek, O‘zbekistonning global ekologik kun tartibidagi nufuzi oshib borayotganini yana bir bor namoyon etdi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirishicha, Assambleya doirasida “ Eco Expo Central Asia-2026” ko‘rgazmasi tashkil etilib, uning maydonida “yashil” loyihalar uchun 80 mln dollar miqdoridagi grantlar hamda 520 mln dollardan ziyod investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan. Endi asosiy vazifa  asrab-avaylash yo‘lidagi ushbu tashabbuslarni amaliyotga izchil tatbiq etishdan iborat. Ayni vaqtda ikkala tadbirda dunyoning 180 ta mamlakatidan jami 8 yarim mingdan ortiq mutaxassis ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Global ekologik jamg'arma Assambleya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing