Saida Mirziyoyeva Dubay valiahdi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Mudofaa vaziri, Dubay Amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

“Muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi”, deydi Mirziyoyeva.

Shuningdek, u Toshkentdagi yuqori darajali forum doirasida o‘tkazilgan bu uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mirziyoyeva rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning bir qancha muhim yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim sohalaridagi dolzarb masalalarni muhokama qilgan, mehnat migratsiyasi sohasiga alohida e’tibor qaratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Birlashgan Arab Amirliklari Saida Mirziyoeva Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum Dubay Amirligi valiahdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing