Saida Mirziyoyeva “Arqadag‘”ning qizi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 24 aprel kuni Samarqandda turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning to‘ng‘ich qizi, Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi Qarovga muhtoj bolalarga ko‘maklashish xayriya jamg‘armasining tibbiy faoliyat bo‘yicha vitse-prezidenti Oguljahon Otaboyeva bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Qardosh Turkmanistondan tashrif buyurgan qadrdon mehmonimiz — muhtarama Oguljahon Gurbanguliyevna Otabayevani O‘zbekistonda kutib olishdan benihoya mamnunman”, deb yozadi Mirziyoyeva.

Ular birgalikda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishgan.

“Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonaman!” deydi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Arqadag‘ shahrida Oguljahon Otaboyeva bilan uchrashgan edi. O‘shanda u Arqadag‘ shahrida bo‘lib o‘tgan “Tinchlik va ishonch yili: bolalar uchun xalqaro faoliyatni rivojlantirish” nomli xalqaro konferensiyada ham ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand O'zbekiston Saida Mirziyoeva Turkmaniston Oguljahon Otaboeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing