Saida Mirziyoyeva ham Urgutga poyezdda bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha, 17 dekabr kuni “Samarqand – Urgut” yangi temiryo‘l liniyasida poyezd bilan Urgutgacha bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

“Kecha Urgutda bo‘ldik. Samarqanddan Urgut vokzaligacha yangi temiryo‘l orqali keldik. Bu yo‘l Urgutda erkin iqtisodiy zona shakllanishi, tadbirkorlar, yo‘lovchilar uchun masofa va xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladigan muhim infratuzilma bo‘ladi”, deydi Mirziyoyeva. 

U, shuningdek, O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida savdo, logistika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishgan. 

“Yangi logistika markazi kuniga 100 tagacha yuk avtomobiliga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Bu yerda logistika faqat tashish emas, balki mahsulot qiymatini oshiruvchi bosqich sifatida ko‘rilmoqda. Bojxona jarayonlarida byurokratiya qisqarib, tezlik va shaffoflik oshiriladi”, deya yozgan Saida Mirziyoyeva. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, diagnostika markazida 200 nafar bemor, savdo markazida esa 800 nafar tadbirkor uchun sharoitlar yaratiladi. Bu orqali Tojikiston fuqarolari ham pasport nazorati, ortiqcha hujjat va navbatlarsiz savdo qilishlari, tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Odamlar uchun qulaylik oshadi va iqtisodiy aloqalar yanada kuchayadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham jamoatchilik vakillari bilan birga poyezdda Urgutga borgandi hamda tuman faollari bilan samimiy muloqot o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Urgut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing