Safina Sa’dullayeva Shveysariyadagi musobaqada sovrindor bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik taniqli yengil atletikachi Safina Sa’dullayeva Shveysariyada o‘tkazilgan  “Gala dei Castell” musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Balandlikka sakrash dasturida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sa’dullayeva bellashuvlarda 1,88 metr natija qayd etgan. Oltin medal uchun Safinaga bor-yo‘g‘i 3 santimetr yetmagan, xolos.

1. Elinor Patterson (Avstraliya) – 1,91 metr;
2. Yelena Vallortigara (Italiya) – 1,91 metr;
3. Safina Sa’dullayeva (O‘zbekiston) – 1,88 metr.

Qayd etish kerakki, 24 yoshli atlet uchun 2022 yil juda omadli keldi. Safina Shvetsariyadagi musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritishidan oldin, Budapesht Gran-prisidagi g‘alaba qozongan edi. Avvalroq, Safina Polshada o‘tkazilgan “Brilliant liga” musobaqasi va Konyada (Turkiya) bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlarida ham zafar quchgan.

Ma’lumot uchun, Safina Sa’dullayeva Olimpiya o‘yinlari  Tokio-2020 da ishtirok etgan. Shuningdek, u 2021 yilning 30 iyunida “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Safina Sa'dullaeva

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing