Safina Sa’dullayeva Budapesht Gran-prisida g‘alaba qozondi

Sport

image

Vengriya poytaxti Budapeshtda yengil atletika bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi “Papai Sportcentrum” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Safina Sa’dullayeva g‘alaba qozondi. Sa’dullayevaga ushbu turnirda oltin medalga ega chiqish uchun 1,90 metrli natija kifoya qildi.

1. Safina Sa’dullayeva (O‘zbekiston) – 1.90

2. Katerina Tabashnik (Ukraina) – 1.86

3. Barbara Szabo (Vengriya – 1.83

Qayd etish kerakki, Budapesht Gran-prisidagi g‘alaba Safina uchun ilk katta yutuq emas. Avvalroq, 24 yoshli sportchi Polshada o‘tkazilgan “Brilliant liga” musobaqasi va Konyada (Turkiya) bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlarida zafar quchgan.

Ma’lumot uchun, Safina Sa’dullayeva Olimpiya o‘yinlari  Tokio-2020 da ishtirok etgan. Shuningdek, u 2021 yilning 30 iyunida “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Safina Sa'dullaeva

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing