Sadir Japarov yana prezidentlikka nomzodini qo‘yadi 

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov navbatdagi saylovlarda ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yish niyatida. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi

“Mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan uzoq muddatli xalqaro loyihalar yo‘lga qo‘yilayotgani va rejalashtirilayotganini inobatga olsak, Sadir Japarovning ikkinchi muddatga saylovda ishtirok etishi siyosatdagi izchil qadam bo‘ladi”, deydi u.

Shuningdek, Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Edil Baysalov ham respublikada boshlangan islohotlarni yarim yo‘lda qoldirmaslik uchun mamlakatning amaldagi Prezidenti ikkinchi muddatga saylanishi yaxshi bo‘lishini aytgan.

Ma’lumot uchun, Sadir Japarov 2021 yil boshida boshqaruvga kelgan edi. O‘sha paytda amalda bo‘lgan mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari olti yillik muddatga saylangan. Shunday qilib, navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yilda bo‘lib o‘tishi kerak. 2021 yilda asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng, respublika rahbariga ikki marta oliy davlat lavozimiga saylanishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston saylov Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing