Sadir Japarov O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida Qirg‘iziston Prezidenti koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirgan. Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida, jumladan, dori-darmon va tibbiyot vositalari yetkazib berish borasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

Shuningdek, fan, ta’lim, madaniyat, sport va turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yakdil fikr bildirilgan. Davlat rahbarlari madaniy almashinuvlar ikki xalq o‘rtasida o‘zaro tushunish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab, madaniyat kunlari va boshqa gumanitar tadbirlarni qayta tiklashga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi sammitida O‘zbekiston tarafiga Qirg‘izistonda ikkita modullik yuqumli kasalliklar shifoxonasini qurilganligi munosabati bilan minnatdorchilik bildirgandi.

Mamitov keyinchalik ham Shavkat Mirziyoyevga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘rsatilgan katta ko‘mak va amaliy yordam, shu jumladan, Qirg‘iziston hududlarida mobil tibbiyot markazlarini qurish loyihalari amalga oshirilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing