Sadir Japarov soliq yukini kamaytirdi
Olam
−
08 yanvar
3172Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov soliq yukini kamaytirish va soliq ma’muriyatchiligini yanada samaraliroq yo‘lga qo‘yish orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida farmon imzoladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qarorga muvofiq:
1. Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
a) Jogorku Kenesh ko‘rib chiqish uchun quyidagi qonun loyihasini kiritishi kerak:
- transport vositalaridan olinadigan mol-mulk solig‘ini bekor qilish;
- 2025 yil 1 yanvargacha bajarilmagan va undirish bo‘yicha sud hujjati mavjud bo‘lmagan transport vositasining mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatini bajarishdan ozod qilish;
- 2025 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda qishloq xo‘jaligi yerlarining mol-mulk solig‘i stavkasini 0 foiz miqdorida belgilash;
- 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan soliq davrlari uchun tashkilot tugatilayotganda va yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilayotganda (rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno) soliq tekshiruvlarini o‘tkazishni taqiqlash;
- 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan soliq davrlari uchun soliq to‘lovchi tomonidan tan olingan soliq qarzini hisobdan chiqarish.
b) bir oy muddatda muomalasi uchun elektron yuk xati qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritishi lozim;
2) Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq xavflarni kelgusida bartaraf etish maqsadida mahalliy soliqlarning bekor qilinishi munosabati bilan mahalliy byudjet daromadlarining yo‘qotilishini qoplash bo‘yicha muqobil chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bundan tashqari, soliq jarayonlarini raqamlashtirish masalalarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida “Alfa Telekom” yopiq aksiyadorlik jamiyati Davlat soliq xizmati va “Soliq servis” davlat muassasasining raqamli loyihalari uchun SIM-kartalar va internet xizmatlari yetkazib beruvchi sifatida belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish va mustaqilligini oshirish maqsadida ayrim soliq turlari qo‘shimcha tarzda tuman va shaharlar byudjetlarida qoldirilishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi