Saakashvilining sarguzashtlari davom etadi – u bu safar ham “qovun tushirdi”
Olam
−
24 aprel 2020
10925Gruziya sobiq Prezidenti va Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili odamlar oldida tez-tez noqulay vaziyatlarga tushib qolishi bilan ham mashhur. Bugun, 24 aprel kuni Ukrainaning Yuqori radasida bo‘lib o‘tgan “Xalq xizmatkori” fraksiyasining yig‘ilishiga Ukraina bayrog‘i ko‘krak nishoni bilan keldi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Saakashvilini bosh vazir o‘rinbosarining islohot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lishga taklif qilgan edi. Oliy Rada bunga ovoz berish kerak, ammo deputatlar orasida uning nomzodini qo‘llab-quvvatlovchilar hozircha topilmayapti.
Ukrainaning “Nash” telekanali orqali uzatilgan ko‘rsatuvda Saakashvili fraksiya yig‘ilishiga Ukraina bayrog‘ini ko‘ksiga taqib kelganini ko‘rish mumkin edi. Biroq siyosatchi uni noto‘g‘ri taqqani ko‘rinib qoldi. Ukraina bayrog‘i ikkita rangdan iborat - yuqoridagi ko‘k, pastda sariq. Saakashvili bayroqni teskari taqqanicha, Yuqori radaga kirib borgan.
Yig‘ilish tugagach, Mixail Saakashvili jurnalistlarga ko‘rinish bergan. Bu safar uning ko‘ksidagi bayroq to‘g‘ri taqilgan edi.