Saakashvilining ahvoli og‘irlashdi

Olam

image

Gruziyaning qamoqdagi sobiq Prezidenti Mixail Saakashvilining ahvoli unchalik yaxshi emas. Tekshiruvlar Saakashvilining tanasida og‘ir metallar, jumladan, simobning me’yoridan oshib ketganligini ko‘rsatgan. Bu haqda bugun, 19 noyabr kuni sobiq Prezidentning onasi Giuli Alasaniya ma’lum qildi.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lining tanasida og‘ir moddalar topilgani uning ozod qilinishiga sabab bo‘ladi.

“Simob bor edi. Bu shifokorlar xulosasida ham sanab o‘tilgan. Bundan tashqari, uning tanasida talliy mavjud. Qanday qilib ushbu moddalar uning tanasiga kirgani noma’lum. Xulosaga ko‘ra, og‘ir moddalar bor. Bu esa Saakashvilini zudlik bilan ozod qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”, degan sobiq Prezidentning onasi.

Shuningdek, Mixailning advokati Shalva Xachapuridze ham mijozining sog‘lig‘i yomonlashgani borasida bir-nechta tibbiy xulosalar tayyorlamoqda.

Ma’lumot uchun, Saakashvili 2004-2013 yillarda ketma-ket ikki muddat Gruziya Prezidenti bo‘lgan. Keyinchalik u Ukrainada ham turli lavozimlarda ishlagan. Ammo Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko bilan munosabatlari buzulishi natijasida unga berilgan ukrain pasporti bekor qilingan. Vladimir Zelenskiy Prezidentlikka saylangach, Saakashviliga Ukraina fuqaroligi qaytarib berildi.  2021 yilning sentyabr oyida u Gruziyaga qaytib keldi va hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Saakashvili

Baholaganlar

497

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing