Saakashvilini Gruziyaning bugungi “hukmdor”lari zaharlaganmi?

Olam

image

Gruziyaning sobiq Grezidenti Mixail Saakashvili endi respublika siyosiy hayotida ishtirok etmaydi. Uning ahvoli yomonlashmoqda, Saakashvili esa o‘zining ehtimoliy zaharlanishida Gruziya rasmiylarini ayblamaydi. Bu haqda siyosatchining onasi Giuli Alasaniya Saakashvilining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

“Biz o‘z fikrimizni aniq aytmoqchimiz: Mixail Saakashvili o‘zining ehtimoliy zaharlanishida Gruziya rasmiylarini ayblamaydi”, deyiladi xabarda. 

Siyosatchining onasi Saakashvilining sog‘lig‘i bilan bog‘liq mavzuni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, hozirda Gruziyaning sobiq prezidentining hayot va mamot masalasi hal qilinmoqda. 

Giuli Alasaniya siyosatchining ahvoli yomonlashayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili endi mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etish niyatida emas. 

Joriy yilning 28 noyabr kuni siyosatchining advokati Shalva Xachapuridze Saakashvilining tanasida margimush izlari topilgani haqida xabar berdi. 

Saakashvili 2021 yil 1 oktyabrda Gruziyada hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Saakashvili

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing