Sahroi Kabir cho‘lini yomg‘ir tufayli suv bosdi

Olam

image

Marokash janubi-sharqidagi Sahroi Kabir cho‘lida kuchli yomg‘irdan keyin hududni katta miqdorda suv bosdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Marokash rasmiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilning sentyabr oyida bir qancha hududlar, jumladan, eng ko‘p zarar ko‘rgan Tata shahriga ikki kun ichida yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan (yillik o‘rtacha 250 millimetrdan kam) ko‘proq yog‘ingarchilik tushgan. Poytaxt Rabatdan 450 kilometr janubda joylashgan Tagunit qishlog‘ida bir kunda 100 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘gan. Mamlakatning Bosh meteorologiya boshqarmasi rasmiysi Husayn Youabeb AP agentligiga 30-50 yil davomida qisqa vaqt ichida bunchalik ko‘p yomg‘ir yog‘maganini aytgan.

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, o‘tgan ekstratropik siklon tufayli yaqin oylar va yillarda mintaqada ob-havo o‘zgarishi mumkin – havodagi namlik ko‘pligi sababli bug‘lanish kuchayadi, bu esa yangi yomg‘irlarga olib kelishi mumkin. Marokash va Jazoirda sentyabr oyi boshida yog‘ingarchilik 20 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Marokashning janubi-sharqiy cho‘li dunyodagi eng qurg‘oqchil joylardan biri bo‘lib, yoz oxirida kamdan-kam yomg‘ir yog‘adi. Ketma-ket olti yillik qurg‘oqchilik mamlakatning ko‘p qismi uchun qiyinchiliklar tug‘dirdi, bu fermerlarning dalalarni haydashida, shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlashda muammolarni keltirib chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Janubiy Afrikada qor yog‘gandi. Ayrim hududlarda ikki metrgacha qor yog‘gan. Sinoptiklarning aytishicha, bu ekstremal holat. Nam havo oqimi JAR tog‘lariga yaxshigina qorbo‘ron bilan yopirilgan. 2023 yilning iyul oyida ham Janubiy Afrikada qor yog‘gan edi. O‘shangacha hududda qor yog‘maganiga 10 yil bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir Marokash Sahroi Kabir cho'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing