Sahari “Manchester Siti” haqida yangi karikatura chizdi (video)

Sport

image

Taniqli karikaturachi rassom Hamid Sahari o‘zbekistonlik futbolchi to‘p tepadigan Angliyaning “Manchester Siti” klubi haqida yangi ijodiy ish yaratdi.

Animatsion videoda “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasidagi bo‘lajak raqibi qaysi bo‘lishini o‘ylab, xomush bo‘layotgani va hayolida klub egasidan pul olib, “Barselona” futbolchilari Yamal, Rafinya va Levandovskini Manchesterga olib kelgani tasvirlangan.

Karikaturada uzoq plandagi Abduqodir Husanov tasviriga ham guvoh bo‘lish mumkin.

Ma’lumot uchun, bugun, 31 yanvar kuni Shveysariyaning Non shahrida YeCHL pley-off bahslariga qur’a tashlanadi. “Manchester Siti” pley-offda Madridning “Real” yoki Myunxenning “Bavariya” klubi bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir taniqli karikaturachi Omar Momani Abduqodir Husanov haqida o‘z ijodiy ishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti karikatura Gvardiola Abduqodir Husanov Hamid Sahari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing