Ryazandagi ayanchli YTHda 5 o‘zbekistonlik jabrlangan – TIV

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Ryazan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarolari jabrlangani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu ma’lumotni tasdiqladi va quyidagilarni ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Ryazan viloyati hududidagi M-5 trassasida KIA va Captiva to‘qnashuvida 5 nafar o‘zbekistonlik jarohatlanganini ma’lum qilgan. Jarohatlanganlar “Shilov” markaziy shifoxnasiga yotqizilgan.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan.

Eslatib o‘tamiz, ayanchli YTHda KIA haydovchisi va uning yo‘lovchisi vafot etdi. Ular Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

 


Maqola muallifi

Teglar

YTH o'zbekistonlik Ryazan'

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing