Ro‘ziboyev jarohatlandi. Jang taqdiri nima bo‘ladi?

Sport

image

Joriy yilning 1 iyulidan 2 iyuliga o‘tar kechasi yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev debyut jangini o‘tkazishi aytilgandi. Kecha, 30 iyun kuni sportchi vazn o‘lchash va face-to-face marosimlaridan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Mazkur tadbirlar yakuniga yetgach, o‘zbekistonlik sportchining o‘ng qulog‘ida sinish jarohati borligi ma’lum bo‘ldi. 

“Kecha mashg‘ulotlar vaqtida qulog‘imni sindirib oldim. Hozir muz qo‘yib, kerakli muolajalar bilan tuzatishga harakat qilyapmiz. Xudo xohlasa, bu jangni yutamiz”, deydi Nursulton.

Ma’lumot uchun, kecha, 30 iyun kuni O‘zbekiston vakili Nursulton Ro‘ziboyev tarozidan o‘tdi va braziliyalik Bruno Ferreyradan yengilroq tosh bosib vazn limitini muvaffaqiyatli bajardi.

Unga ko‘ra, Ro‘ziboyev 83,2 kilogramm, Ferreyra 83,9 kilogramm vazn qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Nursulton Ro'ziboev face-to-face Bruno Ferreyra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing