Ro‘ziboyev internetda unga “sakragan” braziliyalik jangchiga javob qaytardi
Sport
−
20 may 2024
1936920 mayga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Toshkent xalqaro aeroportida muxlislar, jurnalistlar va keng jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.
OAVga intervyu berarkan, Ro‘ziboyev 37 yoshli braziliyalik jangchi Gilbert Byorns bilan jangga tayyorligini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida Byorns Ro‘ziboyevning statistikasini tilga olib, o‘zbekistonlik sportchini quruvchilar bilan jang qilgan deb, ustidan kulgandi.
“Gilbert Byorns UFC'dagi ikkinchi jangimda kiyim almashtirish xonasida oldimdan ketmay, mashg‘ulotlarimni kuzatgan. U “xameleon” odam ekan – oldimda hech narsa deya olmagandi, lekin internetda chiqib gapirishga usta ekan. Agar nasib etsa, 77 kg vaznda Byorns bilan hisob-kitob qilib olaman”, deydi Ro‘ziboyev.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev MMA'da umumiy 43 ta jang o‘tkazib, 34 tasida g‘alaba qozongan va 9 tasida imkoniyatni boy bergan. 30 yoshli jangchi oxirgi marta UFC on ESPN turniri doirasida oktagonga chiqib, amerikalik Xoakin Bakliga ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lubiyatga uchragandi.
LiveBarchasi