Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 800 mingdan oshdi. Ular eng ko‘p qaysi OTMni tanlayapti?

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyul soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 802 931 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 378 512 nafar) abituriyent oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:

•    Kunduzgi – 483 265 nafar;

•    Sirtqi – 304 615 nafar;

•    Kechki – 15 051 nafar.

Hududlar miqyosida:

•    Toshkent shahri – 217 753 nafar;
•    Samarqand viloyati – 80 232 nafar;
•    Andijon viloyati – 65 788 nafar;
•    Farg‘ona viloyati – 62 425 nafar;
•    Qashqadaryo viloyati – 51 693 nafar;
•    Surxondaryo viloyati – 49 556 nafar;
•    Namangan viloyati – 44 748 nafar;
•    Toshkent viloyati – 43 383 nafar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 40 760 nafar;
•    Jizzax viloyati – 37 386 nafar;
•    Buxoro viloyati – 32 730 nafar;
•    Xorazm viloyati – 29 660 nafar;
•    Navoiy viloyati – 23 858 nafar;
•    Sirdaryo viloyati – 22 959 nafar.

Tillar kesimida:

•    O‘zbek tilida –  705 499 nafar (87,9 foiz)

•    Rus tilida –  75 405 nafar (9,4 foiz)

•    Qoraqalpoq tilida – 20 206 nafar (2,5 foiz)

•    Boshqa tillarda –  1 821 nafar (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

•    Samarqand davlat universiteti – 44 220 nafar;

•    Andijon davlat universiteti –  36 172 nafar;

•    Qarshi davlat universiteti –  31 612 nafar;

•    Namangan davlat universiteti –  30 419 nafar;

•    Toshkent davlat pedagogika universiteti – 30 115 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient

Baholaganlar

690

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing