Rustam Umarov Pentagon rahbari bilan gaplashdi

Olam

image

Kecha, 21 dekabr kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainalik mavqedoshi Rustam Umarov bilan telefon suhbatida Kiyevning harbiy salohiyatini kuchaytirish va unga G‘arb tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Amerika Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayderning yozma bayonotida aytiladi.

Qayd etilishicha, vazirlar jang maydonidagi vaziyat hamda AQSH va uning ittifoqchilaridan Ukrainaga “harbiy yordam ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlari” haqida gaplashgan. Hujjatga ko‘ra, Ostin Kiyevga qurol yetkazib berish uchun G‘arbiy aloqa guruhi tomonidan tuzilgan Ukraina qurolli kuchlarining “qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha koalitsiyalarning faoliyati to‘g‘risida ma’lumot bergan”. Ikki davlat Mudofaa vazirlari kontakt guruhining “kelajakdagi uchrashuvlari rejalari”ni ham muhokama qilgan.

Ostin oktyabr oyida G‘arb davlatlari Kiyevning harbiy salohiyatini kengaytirishga harakat qiladigan "qobiliyat koalitsiyalari"ni tuzayotganini e’lon qilgan. Uning aniqlik kiritishicha, “koalitsiyalarning har biri jangovar salohiyatning o‘ziga xos turiga qaratilgan: zirhli texnika, artilleriya, havo kuchlari va dengiz komponenti bo‘ladi”. Shundan so‘ng Ostin Vashington G‘arb koalitsiyasini Ukraina Harbiy-havo kuchlarini rivojlantirishda, jumladan, F-16 samolyotlarini Kiyevga o‘tkazishda boshchilik qilishini tushuntirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pentagon AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ma’qullamasa, uning Kiyevga yordam berish imkoniyati 30 dekabrda tugashi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Pentagon Lloyd Ostin Rustam Umarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing