Rustam Minnixonov Abdulla Aripov bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyun kuni amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgan Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Bu haqda Tatariston Respublikasi Hukumati Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Rustam Minnixonov avvalroq, aprel oyida, Tataristonga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlari, Uy-joy kommunal xizmat vaziri tashrif buyurganini ta’kidlab o‘tdi.

“Ushbu tashrif hududlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish imkonini berdi. Aynan shunday tashriflar o‘zaro tajriba almashishga, shuningdek, va o‘zaro aloqalarini o‘rnatishga imkon beradi. Biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqdamiz. O‘tgan yili pandemiya tufayli tovar aylanmasi kamaydi. Endi biz tovar ayirboshlashni bir necha barobar ko‘paytiramiz”, deydi Tatariston Prezidenti

O‘zbekiston Bosh vaziriga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar hozirda misli ko‘rilmagan yuksalishni boshdan kechirmoqda. 

“Tatariston Respublikasi sizning rahbarligingizda Rossiya Federatsiyasining eng muvaffaqiyatli sub’ektlaridan biridir. Ishonchim komilki, ushbu tashrif aloqalarimizni yanada chuqurlashtiradi”, degan Abdulla Aripov. 

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  sog‘liqni saqlash va kommunal xizmat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda Prezidentga O‘zbekiston-Tatariston hamkorligi asosida amalga oshiriladigan iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalar haqida ma’lumot berilgan. Mirziyoyev loyihalarni tanqidiy baholab, hamkorlikni izchil kengaytirish zarurligini ta’kidlagan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing