Ruslanbek Davletovga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Adliya vaziriga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq Bahrom To‘lqinovich Qo‘chqarov Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bahrom Qo‘chqarov 1972 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 1998 yilda Vashington huquq kollejini (AQSH), 1999 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, mutaxassisligi yurist, iqtisodchi. 

Bahrom Qo‘chqarov o‘z mehnat faoliyatini 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qonun va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 

2017 yildan 2020 yil 5 martga qadar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 

Oilali. 4 nafar farzandi bor.

Shuningdek, Muzraf Mubarakxo‘jayevich Ikromov Prezident qaroriga muvofiq, Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Muzraf Ikromov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (kunduzgi), 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. 

U o‘z mehnat faoliyatini 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 

2019 yildan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Oilali. 3 nafar farzandi bor.
 


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Adliya vazirligi

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing