Rublning dollar va yevroga nisbatan kursi ham keskin tushib ketdi

Olam

image

Bugun, 11 avgust kuni Rossiyadagi birja savdolari chog‘ida AQSH dollarining rublga nisbatan kursi 2022 yilning 25 martidan buyon ilk bor 99 rublga yetdi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun Moskva vaqti bilan soat 16:20 holatiga ko‘ra, dollar kursi 1,59 foizga oshib, 99,0025 rubl darajasiga ko‘tarilgan.

Keyinroq dollar kursining o‘sishi biroz sekinlashib – 98,98 rublgacha qaytgan. Shu bilan birga, yevro kursi 2022 yilning 23 martidan buyon ilk bor 109 rublga yetgan. 

Rossiya Markaziy bankining izoh berishicha, tovarlar va xizmatlar importi va eksporti nomutanosibligi rublning zaiflashishida hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, valyutaning devalvatsiya bo‘lishi va kapitalning chiqib ketishi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi farazlar asosli emasligi ta’kidlangan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda ham dollar kursi birdaniga 408,03 so‘mga oshgan edi. Mamlakat Markaziy banki esa buni “asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi” bilan izohladi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar evro Rubl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing