Rossiyaning janubi Turkiya hukmronligi ostiga o‘tishi mumkinmi? Siyosatchi izoh berdi

Olam 16441
image
-

Rossiya janubining Turkiya hukmronligi ostiga o‘tishi neo-usmoniylik tarafdorlarining orzusi hisoblanadi. Anqara kimningdir hududlarini egallab olish haqida emas, balki qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash haqida o‘ylashi kerak. Bu haqda sobiq tashqi ishlar vaziri va Turkiyaning BMTdagi vakili Yashar Yakish aytib o‘tdi.

Yakish Rossiyaning Qrim va Kubanni o‘z ichiga olgan “Anqara ta’sir doirasini kengaytirish xaritasi”ni ko‘rsatgan Turkiya telekanalining reportajidan g‘azablangan. Siyosatchi buni ko‘rsatib bo‘lmasligini ta’kidladi. 

“Hozir Rossiya bilan munosabatlarni buzadigan vaqt emas. Mintaqa Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlikka muhtoj, ular mintaqada tinchlik garovidir”, deydi u.

Shu bilan birga, sobiq vazir neo-usmoniylik mafkurasi Yaqin Sharqda mashhur emasligini va aksincha “tajovuzkor” deya baholanganini esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, realistlar bunday g‘oyalarni amalga oshirish mumkin emasligini bilishadi va faqatgina “xayolparastlar” ularni jiddiy ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning TRT1 davlat telekanali Amerikaning Stratfor kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Anqaraning ta’sir doiralarini kengaytirish prognozini efirga uzatgandi.

Bundan kelib chiqadiki, 2050 yilga kelib Turkiya ta’sir doirasini birdaniga bir necha yo‘nalishda kengaytiradi. Tahlilchilarning fikricha, Anqara Rossiyaning janubiy mintaqalarida, xususan Qrim, Kuban, Qalmog‘iston, Astraxan viloyati va Shimoliy Kavkaz Respublikalarida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlay oladi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 682
Reyting: 2.9
t
×