Rossiyaning yuk tashuvchi kemasi kosmosga chiqarildi
Texnologiya
−
30 may
8127Bugun, 30 may kuni Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Progress MS-27” yuk tashuvchi kemasi bo‘lgan “Soyuz-2.1a” raketasi havoga ko‘tarildi. Bu haqda Rossiyaning "Roskosmos" davlat korporatsiyasi xabarida aytiladi.
Taxminan to‘qqiz daqiqadan so‘ng kosmik kema orbitaga chiqarildi.
Parvoz 50 soat 4 daqiqa davom etadi. U uchirilganidan ikki kun o‘tib Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yaqinlashadi. "Poisk" kichik tadqiqot moduli bilan bog‘lanish 1 iyun kuni Moskva vaqti bilan 14:47 da rejalashtirilgan. Yuk kemasi orbitada 173 kun qoladi.
Yuk kemasi XKSga 2504 kg yuk, shu jumladan stansiya tizimlari uchun 1290 kg apparat va jihozlar, ilmiy tajribalar uchun moslamalar, 71-uzoq muddatli ekspeditsiya ekipaji uchun kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy va sanitariya buyumlari; stansiyani yonilg‘i bilan to‘ldirish uchun 754 kg yoqilg‘i, kosmonavtlar uchun 420 kg ichimlik suvi va XKS atmosferasini to‘ldirish uchun 40 kg azot yetkazadi.
"Roskosmos" kosmonavtlar korpusi qo‘mondoni, TASSning XKSdagi maxsus muxbiri Oleg Kononenko 21 iyun kuni orbitada o‘zining 60 yoshini nishonlaydi. Kosmonavt uchun qo‘lda tayyorlangan shokoladlar yetkazib beriladi. "Roskosmos" kosmonavti Aleksandr Grebenkinning tug‘ilgan kuniga "Progress"ga uning oilasi va do‘stlaridan sovg‘a - kosmonavtning fotosuratlari va "orzudan yulduzlargacha" yozuvi tushirilgan futbolka yuborildi. Rossiyalik o‘zining 42 yoshini 15 iyul kuni nishonlaydi.
LiveBarchasi