Rossiyaning yana bir hududida migrantlarga taksi haydash taqiqlandi

Olam

image

Rossiyaning Krasnoyarsk viloyatida chet ellik ishchilarning haydovchilik bilan shug‘ullanishi taqiqlandi. Bu haqda Krasnoyarsk gubernatori Mixail Kotyukov imzolagan farmonda keltirilgan.

Farmonda viloyat hududida chet el fuqarolarining bir qancha faoliyat turlarida ishlashini taqiqlash nazarda tutilgan. Xususan, migrantlarga taksida yo‘lovchilarni tashish, ixtisoslashgan do‘konlarda alkogolli ichimliklar, shu jumladan pivoning chakana savdosi, ixtisoslashgan do‘konlarda tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanish taqiqlandi.

Qayd etilishicha, farmon 2025 yil 1 martdan e’tiboran amalda bo‘ladi. Migrantlar ishlashi taqiqlanadigan sohalar yana ortishi mumkin.

“Rossiya Ichki ishlar vazirligining Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi bilan birgalikda biz shunga o‘xshash yechimlar zarur bo‘lgan boshqa tarmoqlar va faoliyat sohalarini tahlil qilishda davom etamiz”, deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, shu paytgacha Rossiyaning Tomsk, Samara, Lipetsk va Kursk viloyatlarida ham mehnat migrantlarining muayyan sohalarda ishlashini taqiqlovchi farmoyishlar kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kemerovo viloyati gubernatori Ilya Seredyuk Kuzbassda 2024 yil 1 yanvaridan boshlab migrantlarni bir necha sohalarda ishlashga jalb etish taqiqi kuchga kirishi haqida farmonni imzolagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Krasnoyarsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing