Rossiyaning Ukrainaga otgan raketasi, Polsha chegarasini kesib o‘tdi
Olam
−
30 dekabr 2023
14580Kecha, 29 dekabr kuni ertalab Rossiya raketasi Polsha havo hududiga kirdi. Bu haqda Polsha armiyasining tezkor qo‘mondonligi xabar berdi.
Republica telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bu Rossiya tomonidan Ukrainaga uyushtirgan yirik raketa hujumi fonida yuz bergan. Dastlabki surishtiruvlar Rossiya Qurolli kuchlarining raketalaridan biri Lvov viloyati bilan chegaradosh Polshaning Vojuchin-Sukrovnya qishlog‘i tomon uchganini tasdiqlagan.
“Ertalabki soatlarda Ukraina bilan chegaradan Polsha havo hududiga noma’lum ob’ekt kirib keldi, u chegarani kesib o‘tganidan boshlab, signal yo‘qolguniga qadar mamlakat hududida bo‘lgan”, deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
Holat yuzasidan mamlakat tegishli kuch va vositalarni safarbar qilgan. Respublika Prezidenti Anjey Duda mamlakat harbiy rahbariyati bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan va Polsha armiyasini shay holga keltirgan.
“Belarus chegarasidan taxminan 80 km uzoqlikda joylashgan Xrubiyeszov shahri yaqinida noma’lum jism aniqlandi. Polsha manbalariga ko‘ra, portlashlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, biroq guvohlar kuchli shovqin va hushtak ovozlari eshitilganini aytgan. Qidiruv tadbirlari Zamoss hududida olib borilmoqda”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 dekabr, juma kuni Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab keng ko‘lamli hujumga o‘tgan edi.
LiveBarchasi