Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyoni o‘zgartiradi – Bayden
Olam
−
26 yanvar 2022
14274Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik bosqinchilik bo‘ladi. Bu haqda kecha, 25 yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Vashingtonda jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Agar Rossiya-Ukraina chegarasida to‘plangan o‘n minglab rus qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirishni boshlasa, dunyo o‘zgaradi. Ukraina atrofidagi keskinlashuv oqibatlari dunyo bo‘ylab kuzatiladi”, deydi Bayden.
Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta bosqinchilik bo‘ladi. Shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ehtimoli qanchalik katta degan savolga javoban Bayden Prezident Vladimir Putinning harakatlarini bashorat qilishga urinishni choy barglarini taxmin qilish bilan solishtirdi.
“Men sizga rostini aytaman, Prezident Vladimir Putinning harakatlarini bashorat qilishga urinish choy barglarini taxmin qilishga o‘xshaydi. Rossiya nafaqat Ukraina chegarasida, jumladan, Belarusgaa ham qo‘shinlarini joylashda davom etmoqda”, deya da’vo qildi Jo Bayden.
Amerika rahbarining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar yoki NATO Ukrainada qo‘shinlarini joylashtirish niyatida emas.
“Ukrainada Amerika yoki NATO kuchlarini joylashtirish niyatimiz yo‘q, biroq, aytganimdek, Ukraina atrofida vaziyat keskinlashsa, bu Rossiya Federatsiyasi uchun, dunyo uchun jiddiy iqtisodiy oqibatlarga olib keladi”, deydi u.
Shuningdek, anjuman davomida AQSH Prezidenti, agar Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga bostirib kirsa, Vashington Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga qarshi sanksiyalar joriy etishini istisno qilmasligini aytdi.
LiveBarchasi